Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:15 / 15.11.2015
4015
1 daqiqa o‘qiladi
Parijda o‘ldirilgan ikki terrorchi fransuzlar ekanligi ma'lum bo‘ldi
Belgiya bosh prokurorining ma'lum qilishicha, Parijda 13 noyabr kuni o‘ldirilgan ikki terrorchi fransuz millatiga mansub bo‘lgan va Bryusselda istiqomat qilgan. Bu haqda RTBF xabar bermoqda.
“Yaqin vaqt oralig‘ida qo‘lga olingan voqeaga aloqador shaxslarni sudga olib kelinishi kutilmoqda”, — deyiladi prokuratura ma'lumotida.
The Guardian nashri avvalroq ushbu ikki shaxsning Bryusselda yashagani so‘roq ostida turganligini ma'lum qilgan edi.