00:27 / 15.11.2015
2929

Parijdagi teraktlarga hamdardlik ifodasi tariqasida Olimpiya bayrog‘i tushirib qo‘yildi

Parijda sodir etilgan turkum teraktlar munosabati bilan Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) shtab kvartirasidagi Olimpiya bayrog‘i tushirib qo‘yildi. Bu haqda XOQ rahbari Tomas Bax ma'lum qilgan.

"Bugun men prezident Ollandga o‘z hamdardligim va yordamimni ayamasligim ifoda etilgan maktub yo‘lladim. Men bo‘lib o‘tgan voqea qurbonlari xotirasiga ehtirom sifatida Olimpiya bayrog‘ini tushirib qo‘yishlarini buyurdim”, - dedi Bax.

Bax teraktlarga nisbatan o‘z munosabatini bildirib o‘tgan. "Bu odamni juda qayg‘uga soladi. XOQ bu qilmishlarni vahshiyona va qo‘rqoqlarcha amalga oshirilgan, deb hisoblaydi. Bu nafaqat Fransiya va Parijga qarshi qilingan jinoyat, balki butun insoniyat va Olimpiya qadr-qimmatiga ham qilingan tajovuzdir”, - deb ta'kidlab o‘tgan u.

Top