14:23 / 15.11.2015
3695

Peterburgda O‘zbekiston konsulligini ochish taklif qilindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston va Tojikistonning doimiy konsulligini ochish zarur, deya xabar qildi “Radio Baltika” efiridi shaharning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Svetlana Agapitova.

“Peterburgda nafaqat faxriy konsullar, balki O‘zbekiston va Tojikistonning doimiy konsulligi faoliyat ko‘rsatishi kerak, chunki barcha masalalarni Moskvadagi elchixonalar orqali amalga oshirishimizga to‘g‘ri kelayapi va bu ko‘plab noqulayliklar tug‘dirmoqda”, - oydinlik kiritdi Agapitova.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarosi Dilafruz Nabotova Migratsiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgani uchun Rossiyadan chiqarib yuborilgan, uning 2 farzandi esa Sankt-Peterburgda qolgan. U ayni vaqtda Sankt-Peterburg hokimiyatidan o‘zidan ajratilgan farzandlarini qaytarishini so‘ramoqda. Ushbu oila vakillari sentabr oyi boshida ajratilgan. 7 sentabr kuni Dilafruz Nabotova homilador holida Rossiyadan deportatsiya qilinuvchilar uchun maxsus izolyatorga olib kelingan, uning ikki farzandi, 7 yoshli Mahbuba va 8 yoshli Sarvarbek esa muhojirlar lageriga jo‘natilgan.

Top