Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 01:29 / 15.11.2015
3797
1 daqiqa o‘qiladi
Polsha Parijdagi teraktlar sabab mamlakat hududiga muhojirlar qabul qilishni to‘xtatadi
Polshaning Yevropa masalalari bo‘yicha vaziri Konrad Shimanskining ma'lum qilishicha, Parijda sodir etilgan qator teraktlar sabab, hukumat muhojirlar masalasida Yevropa Ittifoqi belgilab bergan kvotalar bo‘yicha muhojirlarni qabul qila olmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eski hukumat tasdiqlab ketgan kvotalar masalasiga Polshaning yangi hukumati qo‘shilmaydi va “Parijdagi voqealar sabab uning bajarilishini dargumon, deb hisoblaydi”.