Jahon | 08:53 / 15.11.2015
3407
1 daqiqa o‘qiladi

Qochqinlar Parij teraktlaridan keyin Yevropada yangi qiyinchiliklarga duch kelishdan xavotirlanishmoqda

Yevropada boshpana izlayotgan Suriya va boshqa davlatlardan qochqinlar Parijda sodir etilgan teraktlarni qoralashmoqda va ularga G‘arbiy Yevropada yanada qiyinroq bo‘lishidan xavotirlanishmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ularning aytishicha, ular Parijda sodir etilgan teraktlarga o‘xshash teraktlar ularning vatanlarida sodir etilgani va etilayotganidan Yevropa Ittifoqiga qochishga majbur bo‘lganlar.

Iroqliq Zabor Akrom ismli bir muhojirning aytishicha, “bu Suriya va Iroqdagi kabi teraktdir”. Suriyalik Abdul Salom ismli qochqin esa endi qochqinlarga terrorchilarga qaragandek qarashdan qo‘rqmoqda.

Avvalroq Parijdagi teraktlar Germaniya migratsiya siyosati borasida muhokamaga sabab bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Parijdagi teraktlar oqibatida 129 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi jarohat olgan, ulardan 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish