Jahon | 09:10 / 15.11.2015
11244
2 daqiqa o‘qiladi

Terrorchi “Stad de Frans” stadioniga kirmoqchi bo‘lgan, ammo nazoratchi tomonidan payqab qolingan

Parijdagi “Stad de Frans” stadionida o‘zini portlatib yuborgan uch nafar xudkushlardan birida Fransiya va Germaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuviga kirishi uchun chipta bo‘lgan. Bu haqda stadion nazoratchisi ma'lumotiga asoslanib, Wall Street Journal xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, o‘yin boshlanishiga 15 daqiqa qolganda xudkush stadion ichiga kirmoqchi bo‘ladi. Ammo tekshirish paytida nazoratchi uni payqab qoladi. Terrorchi ulardan yashirinib, portlovchi qurilmani ishga tushirishga muvaffaq bo‘ladi.

Birinchi portlashdan ko‘p o‘tmay, yana ikkita portlash sodir bo‘ladi. Stadiondagi odamlar faqatgina ikkinchi taymdagina yon-atrofda sodir bo‘lgan teraktlar haqida bilishdi. O‘yinni kuzatib borayotgan Fransiya prezidenti Fransua Olland bo‘lib o‘tayotgan voqealar haqida telefon orqali xabar topdi va birinchi bo‘limdayoq stadionni tark etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish