Jahon | 11:30 / 15.11.2015
9282
1 daqiqa o‘qiladi

Terrorchining akasi Parijdagi hujumlarni aqlsizlik deb atadi

Fransiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan terrorchilardan birining akasi ular bir necha yillardan buyon muloqotda bo‘lmaganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda The Guardian.

“Bu savdoyilik va aqlsizlik. Men o‘tgan kecha Parijga borgan edim va u yerda nimalar bo‘lganini ko‘rdim”, - dedi jangarining akasi politsiya mahkamasiga borishidan oldin.
Qayd etilishicha, u bilan birgalikda terroristning otasi va nomi oshkor qilinmagan ayol ham qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijning bir qancha okruglarida teraktlar uyushtirildi va buning oqibatida 129 nafar kishi nobud bo‘ldi, jarohat olganlardan 99 kishining ahvoli ancha og‘irligi ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish