Sport | 23:55 / 15.11.2015
3423
1 daqiqa o‘qiladi

Xames “Real” tarkibida eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘lish istagini bildirdi

“Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoa bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

As bergan ma'lumotga ko‘ra, futbolchi jamoa tarkibida Serxio Ramos va Garet Beyl singari ko‘p maosh to‘lanadigan o‘yinchilar qatorida bo‘lishni istaydi. U yiliga 10 million yevro ishlab topishni niyat qilgan.

Avvalroq Xames va jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitis o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqani haqida ma'lumot tarqatilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish