Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agent: Jovinko "Barselona"dan qiziqish mavjudligiga qaramay, "Toronto"da qolmoqchi
Italiyalik yosh futbolchi, o‘tgan mavsumni Kanadaning "Toronto" jamoasida o‘tkazgan Sebastyan Jovinkoning agenti bo‘lmish Andrea D′Amikoning bildirishicha, uning mijoziga "Barselona" jamoasidan qiziqish mavjud.
"Jovinko "Toronto"da qolishga qaror qilgan. U o‘zini bu yerda baxtli his qilayotganiga ishonchim komil. "Toronto" kelajagi yorqin loyiha hisoblanadi.
Hozirda Jovinko ta'tilda va keyingi mavsumga tayyorlanmoqda. Jamoadagilar u keyingi mavsumni yanada yorqinroq o‘tkazishini kutishmoqda.
"Barselona" unga qiziqish bildirgan, lekin rasmiy taklif bilan chiqmagan. Lekin Jovinko har qanday holatda ham "Toronto"da qolishini bildirgan", deydi agent.