Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anonymous xakerlari IShIDdan Parij uchun o‘ch olishga va'da berdi
Anonymous xakerlik guruhi Parijda sodir etilgan teraktlarga javoban IShIDga qarshi kurashni kuchaytirishga va'da berdi. Bu haqda guruh vakillari tomonidan yozilgan videomurojaatda aytilgan. Bu videomurojaat bir nechta tilda yozildi va YouTube xizmatidagi Anonymous guruhiga tegishli kanallarda paydo bo‘ldi.
Guruhning ingliz tilidagi versiyasi IShID tomonidan ishlatiladigan ijtimoiy tarmoqlardagi sayt va akkauntlarga misli ko‘rilmagan ko‘lamda kiberhujumlar uyushtirishga va'da berdi.
Twitter mikroblog xizmatidagi Anonymous akkauntlardan biri ma'muriyatining ta'kidlashicha, bu Anonymous terrorchilarni harakatlarini qoralayotgan birinchi holat emas.
Joriy yilning mart oyida Anonymous IShIDga qarshi kurashish uchun boshqa xakerlik guruhlari bilan birlashgan edi. Guruh vakillarining aytishicha, ular ekstremistlar ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot va odamlarni yollash uchun ishlatgan bir necha o‘n ming akkauntni to‘sib qo‘yishga muvaffaq bo‘lganlar. Birinchi marta Anonymous 2015 yil fevralda terrorchilarga qarshi urush e'lon qilgan. O‘shanda xakerlar IShID tarafdorlarini internetdan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilish, ya'ni saytlar, akkauntlar va elektron pochtani ishdan chiqarishga va'da berishgan.
Anonymous xalqaro xakerlik guruhi 2003 yilda tashkil topgan. Bu guruh xakerlari, xususan, davlat idoralari va kuchishlatar tuzilmalar saytlariga hujum uyushtiradilar.