08:05 / 16.11.2015
3520

AQSh Guantanamodagi besh nafar mahbusni BAAga jo‘natdi

AQSh Guantanamo qamoqxonasida saqlanayotgan 5 nafar mahbusni Birlashgan Arab Amirliklari hududiga jo‘natdi. Bu haqda Pentagonga asoslangan holda Reyter nashri xabar tarqatgan.

BAAga jo‘natilgan mahbuslar kelib chiqishiga ko‘ra yamanliklar hisoblanadi. Ulardan 4 nafari 2009 yildayoq avf etilgan va ozodlikka chiqishni kutayotgandi. Yana bir mahbusning ozod qilinishi haqida esa 2014 yilda tavsiya berilgan.

Pentagondagilarning qayd etishicha, Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida yana 107 nafar mahbus qolmoqda.

Biroz oldinroq, AQSh bu mahbuslarning 50 nafardan ortig‘ini dunyoning turli mamlakatlar ixtiyoriga jo‘natishi haqida muzokaralar o‘tkazilgandi.

Top