Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arnold Shvartsenegger brakonerlik muammosiga e'tiborni qaratish maqsadida fil qoziq tishini portlatib yubordi
Gollivudning mashhur aktyori Arnold Shvartsenegger brakonerlik muammosiga e'tiborni qaratish maqsadida fil qoziq tishini portlatib yubordi. Bu aks etgan rolik internetda paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Channel24 telekanali.
Videoda aktyor tank fonida qo‘lida fil qoziq tishi bilan “unga talabdan umuman voz kechish kerakligini” aytib, tomoshabinlarga bu suyaklarni olish uchun har kuni 96 fil o‘ldirilishini tushuntirmoqda. Shundan keyin fil qoziq tishi bir uyum somon ustida portlatib yuborildi.
Rolikni yaratish tashabbuschilari sifatida AQSh yovvoyi tabiatini muhofaza qilish jamiyati chiqdi. Fil qoziq tishi Los-Anjyeles hayvonot bog‘i tomondan berildi.
Channel24’ning ta'kidlashicha, oxirgi vaqtda 8 ta davlatda, jumladan Xitoy, AQSh va bir qator Afrika davlatlarida noqonuniy olingan 42 tonna fil suyagi namoyishkorona yo‘q qilingan.
2015 yilning oktabrida Zimbabvedagi Xvange milliy bog‘ida brakonerlar tomonidan fil qoziq tishi olish maqsadida sianid zahari bilan zaharlangan 22 ta fil jasadi topilgan. Bungacha bir necha kun avval Xarare xalqaro aeroportida mamlakat huquq-tartibot muassasalari Singapurga jo‘natilishi kerak bo‘lgan 173 kilogramm fil suyagini musodara qilishgan.
Afrikaning ko‘pgina davlatlarida ayni paytda fil tishini sotishga to‘liq yoki qisman taqiqlov amal qiladi.