O‘zbekiston | 11:07 / 16.11.2015
3898
1 daqiqa o‘qiladi

BBC O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘li haqidagi filmni suratga olishni boshladi

VVS Scotland O‘zbekistonda "Sem Villis bilan Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab" nomli hujjatli film suratga olishni boshladi.

Ushbu film namoyishi VVS kanalida 2016 yilning fevralida namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

"Tomoshabinlar bu film orqali Buyuk Ipak yo‘li marshruti haqida aniq ma'lumotlarga ega bo‘lishlari, bu yo‘l tufayli antik davr madaniyati qanchalar o‘zgargani hamda Samarqand va Buxoro shaharlaridagi me'moriy obidalar haqida bilishlari mumkin. Shuningdek, tomoshabinlarda hunarmandchilik, qo‘shiqchilik va boshqa san'at turlari namoyishi orqali mahalliy madaniyat haqida tushunchalar beriladi", deyiladi "O‘zbekturizm" matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, film davomida Samarqandga qatnovchi tezyurar poyezd qatnashgan sahnalarni ko‘rish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish