Jahon | 08:44 / 16.11.2015
2974
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mana shu haftda Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga tashrif buyuradi, deb ma'lum qildi “Renxap” agentligi.

Ma'lum qilishlaricha, bu BMT Bosh kotibining shu lavozimga tayinlanganidan buyon Shimoliy Koreyaga ilk tashrifi bo‘ladi.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, ushbu tashrif Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi ziddiyatni yaxshilashga va Shimoliy Koreya yadro dasturi bilan bog‘liq xavfli vaziyatni hal etishda yordam beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish