Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat raqobat qo‘mitasi 2015 yilning uch choragiga yakun yasadi
O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot topshirdi. Unda aytilishicha, mazkur davrda muhim istiqbolli vazifalar ijrosiga asosiy e'tibor qaratildi.
Xususan, hisobot davrida qo‘mita 44ta normativ-huquqiy aktlar loyihalarini ishlab chiqqan bo‘lib shulardan 6tasi qonunlar, 7tasi O‘zbekiston prezidenti farmonlari, 16tasi hukumat qarorlari, 15tasi idoraviy normativ-huquqiy aktlardir. Shu bilan bir qatorda, boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan 319 normativ-huquqiy aktlar loyihalari ko‘rib chiqildi (shulardan 32tasi qonun, 28tasi O‘zbekiston prezidenti farmonlari, 211tasi hukumat qarorlari, 48tasi idoraviy normativ-huquqiy aktlar).
Hisobot davrida 729 davlat aktivlari xususiy sektorga o‘tkazildi. Shulardan 537tasi “nol” narxda 24.3 mln dollar va 607.4 mlrd so‘mlik investitsion majburiyatlar, shuningdek, 19 518 yangi ish o‘rni yaratilishi bilan sotildi. Umumiy hisobda barcha aktivlar 89.02 mlrd so‘mga 24.3 mln dollar va 621.7 mlrd so‘mlik investitsion majburiyatlar, shuningdek, 20 096 yangi ish o‘rni yaratilishi bilan sotildi.
Bugungi kunda yana 852 davlat aktivi sotuvga qo‘yilgan, ulardan 113tasi “nol” qiymatdadir.
Xususiylashtirishdan kelib tushgan mablag‘ 65.7 mlrd so‘mni tashkil qilib, shulardan 14.9 mlrd so‘mi respublika byudjyetiga kelib tushdi.