10:18 / 16.11.2015
3328

Denovda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi noqonuniy sex fosh qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Surxondaryo viloyati Denov tumani boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro S. Otaboyev sherigi H. Ahmedova bilan birga Vodiy mahallasida yashovchi F. Akobirovning yordamchi xo‘jaligida sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

“Huquq” nashrida keltirilishicha, yashirin sexdan qo‘lbola usulda tayyorlangan 0.5 l hajmli 64 shisha aroq, qalbaki 100 dona aksiz markasi va boshqa tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Viloyat DSENMning xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan ichimliklar iste'molchilarning hayoti va sog‘lig‘iga zararli ekanligi aniqlandi.

Top