17:38 / 16.11.2015
5491

DM: Parijda o‘zini portlatib yuborgan terroristning onasi bunga stress sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi

Parijda terakt uyushtirgan xudkushlardan birining onasi o‘g‘lining hech kimni o‘ldirmoqchi bo‘lmaganini ta'kidlab, ehtimol o‘zini stress sababli portlatib yuborgan, deb hisoblamoqda, deya xabar berdi Daily Mail.

Nashrning qayd etishicha, 31 yoshli Ibrohim Abdeslam “Bataklan” teatridan uncha uzoq bo‘lmagan joydagi Comptoir Voltaire kafesi yaqinida o‘zini portlatib yuborgan. Teraktdan keyingi kuniuning akasi Muhammad Abdeslam Bryusselda qo‘lga olingan. Uchinchi akasi Saloh esa xalqaro qidiruvga berilgan.

Aka-uka Abdeslamlarning ona o‘g‘illarini himoya qilib, bombalar tasodifan portlab ketgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Biroq Abdeslamlar oilasining tan olishicha, ularning o‘g‘li Ibrohim uzoq vaqt Suriyada bo‘lgan.

Top