Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yaxshi “hamma narsa ichida” tizimidagi mehmonxonalar nomi aytildi
“Hamma narsa ichida” tizimi bo‘yicha ishlovchi dunyodagi eng yaxshi mehmonxona deb Maldiv orollaridagi besh yulduzli Kurumba Maldives tan olindi.
Eng yaxshi mehmonxonalar ro‘yxatini sayyohlarga mo‘ljallangan TripAdvisor sayti e'lon qildi. Bunday mehmonxonalardagi eng arzon xona narxi kuniga o‘rtacha 500 dollarni tashkil qiladi.
180 o‘rinli mehmonxonada 5 restoran va 3 bar ishlaydi. Dam oluvchilar xizmatida spa markazi, 2 hovuz, tungi klub va 3 tennis korti bor.
Ikkinchi va uchinchi o‘ringa Meksikaning Le Blanc Spa Resort va Excellence Playa Mujeres mehmonxonalari egalladi.
Uchinchi o‘rin Turkiyaning Voyage Belek Golf & Spa muassasiga nasib qildi. Ilgariroq u Yevropaning bu turdagi eng yaxshi muassasi deb tan olingan edi.
Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Dominikan Respublikasi va Braziliyada joylashgan mehmonxonalar kirdi.