Sport | 18:29 / 16.11.2015
2123
1 daqiqa o‘qiladi

Eng keksa olimpiadachi Go Tsze 103 yoshida olamdan o‘tdi

1936 yili Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarining ishtirokchisi, xitoylik Go Tsze 15 noyabr kuni 103 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Mazkur Olimpiada o‘yinlarida disk uloqtirish musobaqasida ishtirok etgan Go Tsze 41 m. 13 sm. natija qayd etib, Xitoy rekordini yangilangan edi.

Sportchi sifatida faoliyatini yakunlagan Go Tsze 1950 yildan 1987 yilga qadar Sian jismoniy tarbiya institutida murabbiy va ilmiy xodim sifatida mehnat qilgan.

2008 yili Pekin shahri (Xitoy)da bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari oldidan esa Go Tsze mash'alani Sian ko‘chasi bo‘ylab olib o‘tilishida bevosita ishtirok etgan. Ushbu xabar, Xalqaro yengil atletika assotsiatsiyalari federatsiyasi (IAAF)ning rasmiy saytida berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish