21:20 / 16.11.2015
2942

Erdo‘g‘on muhojirlar inqirozi va terrorizm tushunchalarini aralashtirib yubormaslikka chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on gumanitar javobgarlikdan qochish maqsadida Yevropa sodir bo‘layotgan muhojirlar inqirozi va terrorizm xavfi tushunchalarini aralashtirib yubormalikka chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Erdo‘g‘on bu haqda Turkiyada o‘tgan G20 sammiti yakunida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venada o‘tkazilgan mamlakatlar bosh vazirlari uchrashuvida Suriyadagi siyosiy o‘tish davrini siyosiy yo‘l bilan hal etish borasida kelishuvlarga erishilgan.

Top