11:23 / 16.11.2015
2903

Fabius IShID marralariga aviazarbalar berishga Fransiyaning “qonuniy haqqi” borligini ma'lum qildi

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius mamlakat Parijdagi teraktlardan so‘ng IShIDga qarshi harakat olib borishga “qonuniy huquq”qa ega bo‘lganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida u Suriya Rakkasida IShID bo‘ylab aviazarbalar berish haqidagi qaror “siyosiy” bo‘lgani va Fransiya mamlakat poytaxtida sodir bo‘lgan hodisalardan so‘ng mavjudlik va faollik ko‘rsatishi lozimligini qayd etib o‘tdi.

Avvalroq fransuz HHK Suriyaning Rakka shahrida IShID marralariga keng ko‘lamli zarbalar bergani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni tunda Parij shahrida turkum terroristik hujumlari sodir etilgan edi. Jarohat olganlar soni 352 nafarni tashkil etib, ulardan 99 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Fransiya prezidenti Fransua Olland so‘zlariga ko‘ra, davomli terroristik hujumlar ortida IShID jangarilari turibdi.

Top