Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filadelfiyada sirkdan qochgan zebralar tartibsizlik keltirib chiqarishdi
15 noyabr kuni AQShning Filadelfiya shahridagi sirkdan qochgan 2 zebra shaharda shovqin uyg‘otishdi. Reyter nashri xabariga ko‘ra, UniverSoul Circus sirkiga tegishli bu jonivorlar 1 soat davomida shahar ko‘chalarini kezishgan.
Ma'lum qilinishicha, bu vaqt davomida zebralar shahardagi transport harakatiga ta'sir o‘tkazishgan va fintes-markazda "mehmon bo‘lishgan".
Ularning sayohati jarayonlari tasvirlangan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
"Zebralar ayni vaqtda nazorat ostiga qaytarildi. Ular jabrlanishmagan", deyiladi mahalliy politsiya xabarida.
"Tuyoq tovushlari eshitilganida odamlar buni ot tuyoqlari tovushi deb o‘ylashgan. Aslida bular zebra ekani ma'lum bo‘lgach, ko‘pchilik hayron qoldi", deyiladi Assoshieyted Press nashri xabarida.