Jahon | 16:01 / 16.11.2015
3457
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada “radikal” masjidlar yopiladi

Fransiya hukumati faol tarzda radikal va'zlar olib boriladigan masjidlarni yopishga qaror qildi, deya xabar bermoqda BFM.

Mamlakat bosh vaziri Manuel Vals so‘zlariga ko‘ra, “respublika qadr-qimmatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan har qanday masjid va assotsiatsiyalarni yopish zarur”.

“Bizning qadr-qimmatliklarimizga qaratilgan radikal maqsadlari bo‘lgan har qanday xorijliklarni chiqarib yuborishimiz kerak”, - deya ta'kidlab o‘tdi bosh vazir.
Manuel Vals terroristlar Fransiya va boshqa mamlakatlarda yangi terroristik aktlarni amalga oshirishga tayyogarlik ko‘rayotganini ham ta'kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni tunda Parij shahrida turkum terroristik hujumlari sodir etilgan edi. Jarohat olganlar soni 352 nafarni tashkil etib, ulardan 99 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Fransiya prezidenti Fransua Olland so‘zlariga ko‘ra, davomli terroristik hujumlar ortida IShID jangarilari turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish