Jahon | 10:35 / 16.11.2015
3067
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi teraktlardan so‘ng Qirg‘izistonda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish tuzilmalari Fransiyadagi qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilgani munosabati bilan xavfsizlik choralarini kuchaytirishga kirishdi. Bu haqda mamlakat IIV vakili TASS muxbiriga ma'lum qildi.

“Xodimlarimiz strategik muhim sanalgan barcha obektlar va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni himoya qilishni o‘z qo‘liga olgan, - dedi vazirlik vakili. – Bundan tashqari, tezkor qidiruv yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ham faollashgan”. Respublika aholi punktlari, ayniqsa poytaxtda militsiya xodimlaridan iborat mobil guruhlarning patrulliklari soni ortgan.

14 noyabr kuni qirg‘iz hukumati rahbari Temir Sariyev IIV va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, Fransiyadagi teraktlar munosabati bilan mamlakatda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, doimiy ravishda profilaktika o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatmalar bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish