Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuz politsiyasi aksilterror reydlar o‘tkazishni boshladi
Fransiya politsiyasi Parijdagi voqealardan keyin mamlakat bo‘ylab terrorchilikka aloqador bo‘lishi mumkin shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyotlar o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Guardian nashri xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, faol harakatlar Tuluza, Grenobl va Sant-Kalais shaharlarida olib borilmoqda.
Oxirgi xabarlarda aytilishicha, Grenobl shahrida bir necha gumondor qo‘lga olingan. Ularda o‘t ochar qurollar borligi aniqlangan.
Qayd etish kerakki, Parijdagi teraktlarga javoban 16 noyabrga o‘tar kechasi Suriyaning Roqqa shahrida IShID bazalariga Fransiya Harbiy havo kuchlari samolyotlari tomonidan havo zarbalari berildi.
Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 132 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 349 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 96 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.