Jahon | 22:14 / 16.11.2015
3030
2 daqiqa o‘qiladi

G20 yetakchilari Parij va Anqaradagi teraktlarni qoralamoqdalar

“Katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilari terrorchilikka qarshi muammo bo‘yicha qo‘shma bayonotda oxirgi teraktlarni qoraladilar va bu teraktlar hamkorlikni kuchaytirish zarurligini isbotlashini aytdilar.

“Dunyoda davom etayotgan va yaqinda bo‘lib o‘tgan teraktlar terrorchilikka qarshi kurashda yanada yaqindan xalqaro birdamlik va yakdillik zarurligini namoyish qildi”, deyilmoqda bayonotda.

“Yigirmatalik” davlatlari yetakchilari 12 noyabrdagi Parijdagi va 10 oktabrdagi Anqaradagi teraktlarni “qat'iyan” qoralamoqdalar.

“Terrorchilikka qarshi kurash barcha davlatlarimizning ustuvor vazifasi hisoblanadi va biz teraktlarning oldini olish va ildizi bilan yo‘q qilish uchun kuchaytirilgan xalqaro birdamlik va yakdillik yo‘li bilan birgalikda ishlashimizni tasdiqlaymiz”, deyilmoqda bayonotda.

“Yigirmatalik” yetakchilari bu kurash “BMTning boshchiligida, BMT nizomiga muvofiq va xalqaro huquq majburiyatlari, jumladan xalqaro insonparvarlik huquqi, jumladan inson va muhojirlar huquqlariga amal qilgan holda” olib borilishi kerakligini tasdiqladilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish