Jahon | 23:42 / 16.11.2015
2603
1 daqiqa o‘qiladi

Indiana suriyalik qochqinlarni qabul qilishni rad etgan oltinchi shtat bo‘ldi

AQShning Indiana shtati suriyalik qochqinlarni qabul qilishni rad etgan oltinchi shtat bo‘ldi, deb xabar qilmoqda CNBC.

Undan oldin suriyalik qochqinlarni qabul qilishni Michigan, Arkanzas, Alabama, Luiziana va Texas shtatlari rad etgandi.

AQSh milliy xavfsizligi maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rodsning ma'lum qilishicha, qochqinlarni qabul qilish qiyin va juda qimmat turadigan jarayon bo‘lib, qochqinlarni terrorchilik tashkilotiga aloqasi borligini aniqlash ishni yanada murakkablashtiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish