Jahon | 08:19 / 16.11.2015
7683
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq teraktlarga qadar Fransiyani xavfdan ogoh etgan

Iroq rasmiy vakillari Parij terakti boshlangunga qadar koalitsiya mamlakatlarini IShID tomonidan uyushtirilajak hujumlardan voqif etgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ammo ogohlantirishlarga qaramay fransuz hukumatida mamlakatdagi terrorchilik bo‘linmalari tomonidan terakt uyushtirilishi yoki shunga o‘xshash qurolli hujum qilinishiga oid hech bir hujjat bo‘lmagan.
Fransiya xavfsizlik kuchlari vakilining ma'lum qilishicha, ular har kuni o‘z razvedkalari orqali kerakli ma'lumotlar olib turishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish