15:34 / 16.11.2015
3204

LA Times: Fransiya musulmonlari masjidlarning yopib qo‘yilishidan qo‘rqmoqda

Parij shahrida va uning atrofida istiqomat qiluvchi musulmonlar fransuzlar bo‘lib o‘tgan teraktlar uchun ulardan o‘ch olishidan cho‘chimoqda. Bu haqda Los Angeles Times nashri yozmoqda.

“Albatta, biz qo‘rquvdamiz. Bu jinoyatlarni sodir etganlar musulmonlar yoki fanatlar emas edi. Ular qotillar edi. Lekin hamma ham buni tushunmaydi”, - dedi nashrning suhbatdoshlaridan biri.

Fransiya rasmiylari bir qator masjidlar yopilishi mumkinligini aytdi, negaki ular radikallar berkinayotgan joy ekanligi gumon qilinmoqda. Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev bugungi favqulodda vaziyat hukumatni qat'iy choralar ko‘rishga chorlayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Bunda u nafaqat masjidlarni yopish, balki ayrim musulmonlar guruhlarini mamlakatdan chiqarib yuborishni nazarda tutmoqda.
Bundan tashqari, ultrao‘ng siyosiy partiya rahbari Marin Le Pen “islom fundamentalizmi”ni yo‘q qilib, chegaralar nazoratini kuchaytirishni taklif qildi.

Top