08:57 / 16.11.2015
8654

Misr piramidasi Rossiya, Fransiya va Livan bayrog‘i tusini oldi

Misrdagi piramida teraktlar va aviahalokatda nobud bo‘lgan odamlar xotirasiga ifoda tariqasida Rossiya, Fransiya va Livan bayroqlari tusiga kirdi, deb ma'lum qilmoqda. Ahram Online.

Piramidada bayroqlardan tashqari Misr tomonidan Rossiya, Fransiya va Livanga hamdardlik bildirilgan rus, fransuz va arab tilidagi yozuvlarni ham uchratish ham mumkin.

Ma'lumot uchun, 2015 yilning 13 noyabr kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida turkum teraktlar sodir bo‘ldi. Natijada 129 kishi halok bo‘ldi, 352 kishi esa shifoxonalarga yotqizildi. Ular orasidan 99 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.
2015 yilning 31 oktabr kuni Sharm ash Sheyxdan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan Rossiya samolyoti bortidagi 224 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bilan birga havoda portlab ketdi.

Livan poytaxti Bayrutning janubida joylashgan shaharchada yuz bergan ikki portlash natijasida 40 ga yaqin kishi nobud bo‘ldi, 240 nafari esa jarohatlandi.

Top