17:01 / 16.11.2015
7207

Morell: AQSh, Rossiya va Suriya IShIDga qarshi kuchlarini birlashtirishi lozim

AQShning IShIDga qarshi kurash siyosati mag‘lubiyat bilan yakun topdi. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori o‘rinbosari Maykl Morell bayonot berdi.
“Oxirgi bir yil davomida IShID G‘arbiy Yevropadagi davlatlarga hujum qilish salohiyatini o‘stira oldi, - uning so‘zlarini keltiradi CBS kanali.

– Parijdagi teraktlar ularning bu boradagi birinchi muvaffaqiyatidir”.
Morell AQShning strategiyasi ish bermayotganini, boshqa variantlarni ko‘rib chiqish payti kelganini ta'kidlab o‘tdi. Uning ishonishicha, AQSh Rossiya va Suriya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi lozim.

“Bashar Asad darhaqiqat muammoning bir qismidir, lekin yechimning ham bir qismi bo‘lishi mumkin, shunday emasmi? U bir muddat mansabni tark etmasligi, Suriya armiyasi esa koalitsiya ko‘magida IShIDga qarshi kurashishi borasidagi kelishuv eng yaxshi natija bo‘lar... va eng yaxshi natijani berar. Bu masalani yana muhokama qilish kerak deb o‘ylayman”, - xulosa qildi Morell

Top