Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:02 / 16.11.2015
6175
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvadagi o‘zbeklarga tegishli "Ya Samarqand" kafesiga bezorilar hujum uyushtirishdi
Moskva shahrining shimoli-g‘arbidagi Aviatsiya ko‘chasida joylashgan "Ya Samarqand" kafesi talonchilik hujumiga uchradi. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, 19 kishidan iborat jinoiy guruh bitalar bilan qurollangan holda kafega bostirib kirishgan.
Qayd etilishicha, ushbu hujum vaqtida kafe egalaridan biri hisoblangan o‘zbekistonlik jonini qutqarish uchun ikkinchi qavatdan pastga sakragan va oyog‘ini sindirib olgan.
Ushbu holat bo‘yicha "bezorilik" moddasi asosida jinoiy ish ochilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish