Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutko: Rossiyasiz Olimpiada bu musiqasiz to‘yga o‘xshaydi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlarida Rossiya terma jamoasining ishtirok etmasligi mumkin emas. Mazkur fikrni Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko TASS axborot agentligiga bergan intervyusi chog‘ida ma'lum qilgan.
13 noyabr kuni xalqaro yengil atletika federatsiyasi (IAAF) kengashi doping bilan bog‘liq mojarolar sabab Rossiya federatsiyasining dopingga qarshi kurashish bo‘yicha dasturini ishonarli emas deb topgan va jamoani vaqtinchalik federatsiya a'zoligidan chiqarib tashlagandi.
«Hammani tinchlantirishni istayman. Hattoki bu borada shubha ham bo‘lishi mumkin emas. Rossiyasiz Olimpiada bu musiqasiz to‘yga o‘xshaydi. Bu barcha sport asoslarini o‘ldiradi», - deya ta'kidladi Mutko.
«Ha, doping mojarolari bo‘yicha bizda ikkita yo‘l mavjud bo‘lgan: sud qaroriga qadar qattiq chora ko‘rish. Yana shuningdek bu aniq faktga asoslanmagan vaziyat. Ammo Vladimir Putin bizga boshqacha ko‘rsatma bergan. U mojaroli yo‘lni rad etib, xalqaro federatsiya bilan hamkorlikda ish ko‘rishni ta'kidlagan. Biz shu bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Bizga yangi mojarolar kerak emas», - deya qo‘shimcha qildi u.
9 noyabr kuni WADA mustaqil komissiyasi Rossiya yengil atletika federatsiyasining antidoping agentligi faoliyati bo‘yicha bir qancha ayblovlar qo‘yilgan hisobotni e'lon qilgandi.