Jahon | 23:52 / 16.11.2015
2544
1 daqiqa o‘qiladi

Olland mamlakat politsiya xizmatida 5 ming yangi ish o‘rni yaratilishiga va'da berdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland kelgusi ikki yil mobaynida mamlakat politsiyasida 5 ming ish o‘rni yaratilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Olland, shuningdek, davlat chegaralarini mustahkamlash maqsadida bojxona xizmatida minglab yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ham ta'kidlab o‘tdi.

U 2019 yilda qurolli kuchlar tarkibida hech qanday qisqartirish bo‘lmasligiga va'da berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish