Jahon | 16:45 / 16.11.2015
3546
1 daqiqa o‘qiladi

Olland "Stad de Frans"dagi muxlislar xavfsizligi ta'minlanishi uchun ularni tashqariga chiqarmaslikni buyurgan

Fransiya prezidenti Fransua Olland Fransiya — Germaniya uchrashuvidagi muxlislarni «Stad de Frans»dan evakuatsiya qilmaslikni topshirgan. Sababi aynan stadion o‘sha paytda eng xavfsiz hudud sanalgan, deya xabar beradi Wall Street Journal.


Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Olland muxlislarni evakuatsiya qilsa, ko‘chada ular terrorchilar hujumiga uchrab halok bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanib, shunday qarorga kelgan. Ollandning o‘zi esa o‘sha vaqtdayoq evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish