12:08 / 16.11.2015
3445

O‘zbekiston xotin-qizlar Qo‘mitasi delegatsiyasi Germaniyaga safar qilib qaytdi

Joriy yilning 9-13 noyabr kunlari O‘zbekiston xotin-qizlar Qo‘mitasi va Oliy Majlis vakillari Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar Qo‘mitasi raisi Elmira Bositxanova boshchiligida Germaniyaga tashrif buyurdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, Bundestag Germaniyaning xalqaro hamkorligi bo‘yicha jamg‘arilgan kassa Fondi taklifiga binoan Germaniyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Bundestag va mintaqaviy jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashishgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston vakillari xotin-qizlarning siyosat, jamiyat va iqtisodiyotdagi faoliyati bo‘yicha Germaniya tajribalari bilan tanishishdi. Bundan tashqari federal parlament faoliyatining mexanizmi va asosiy tamoyillari o‘rganib, qonuniy faoliyatni tashkil etish, ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan parlament nazoratini o‘rnatish kabi masalalarni o‘rganib chiqishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Top