00:56 / 16.11.2015
3727

Parijdagi terakt qurbonlari soni 132 nafarga yetdi

Parijda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 132 nafarga yetdi. Bu haqda Parij shifoxonalari boshqarmasi xabar bergan.

13 noyabr kuni Parij shifoxonalariga terrorchilarning o‘qlaridan va portlovchi moddalar zarralaridan jarohatlangan o‘nlab kishilar keltirilgan.

Harakatda “Oq reja” bo‘lgan. Shaharga mamlakatning barcha nuqtalaridan vrachlar, xirurglar va reanimatologlar keltirilgan. Tezkor rejimda 60 ga yaqin jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Ayni paytda shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida o‘nlab kishilar qolmoqda.

Top