Jahon | 11:24 / 16.11.2015
23741
1 daqiqa o‘qiladi

Qonga botgan “Bataklan” teatridan birinchi kadrlar chop etildi

Yakshanba kuni jahon matbuotida Parijdagi “Bataklan” teatrida sodir bo‘lgan ommaviy qirg‘inning dastlabki suratlari paydo bo‘ldi.

Bu suratlarda konsert zali intereri, qonga botgan yer va tanalarni ko‘rish mumkin.
Shuningdek, internetga hujumning dastlabki soniyalari qayd qilingan videolavha ham joylashtirildi. Hujum AQShning Eagles of Death Metal guruhining konsert dasturi chog‘ida sodir etildi. S'yomka chog‘ida qo‘shiq otishma tovushlari bilan to‘xtatilganini, qo‘shiqchilar sahnani shoshilinch ravishda tark etayotganlarini qayd qilgan.

Yana bir videoda terrorchilarning politsiya bilan otishmasini ko‘rish mumkin.
Fransiya poytaxtida sodir bo‘lgan teraktlarda jami 129 kishi halok bo‘ldi, 352 kishi jarohat oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish