Jahon | 15:57 / 16.11.2015
3143
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV: Olimpiada arafasida samolyot bilan bog‘liq terakt bartaraf qilingan edi

Rossiya TIVning terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha o‘rinbosari Oleg Siromolotov bergan bayonotga ko‘ra, Sochidagi Olimpiada arafasida samolyot bilan bog‘liq terakt bartaraf qilingan edi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, ushbu ishda 5 mamlakat maxsus xizmatlari xodimlari ishtirok etgan.

Siromolotovning so‘zlariga qaraganda, terrorchilik xavfi ancha jiddiy bo‘lgan, fosh etilgan eng muhim holatda esa qo‘poruvchilar samolyotdan foydalanishni rejalashtirishgan.

“Sochi Olimpiadasid an misol keltiraman. Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 3 yil ichida birinchi marta dunyoning turli mamlakatlarining maxsus xizmatlari birgalikda ish ko‘rdi”, - dedi amaldor Federatsiya kengashidagi yig‘ilish chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish