Jamiyat | 15:18 / 16.11.2015
2361
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada IShID tufayli Telegram`ga to‘siq qo‘yilishi mumkin

Rossiya Davlat dumasi FSBdan Telegram messenjeri faoliyatini cheklash ehtimollarini ko‘rib chiqishni so‘ragan. Bunga IShIDning ushbu messenjerdan o‘z targ‘ibotida keng foydalanayotgani haqidagi gumonlar sabab bo‘lmoqda.

"Mahalliy OAVlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Telegram messenjeri jangarilarning o‘zaro muloqot vositasiga aylangan, shuningdek ular bu messenjer orqali o‘z targ‘ibotlarini olib borishni yo‘lga qo‘yishgan", deyiladi Dumaning Konstitutsion qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Aleksandr Ageyev.

Deputat FSBdan bu xabarlarni tekshirib ko‘rishni so‘ragan. Agar bu ma'lumot tasdiqlansa, Telegram messenjeridan foydalanishga to‘siq o‘rnatilishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish