Jahon | 11:40 / 16.11.2015
12956
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada ayollar kiyimida qochishga uringan o‘nlab jangarilar qo‘lga tushdi

Suriyada ittifoqchilar tomonidan qamal qilib turilgan Halab shahridan chiqib, ayollar kiyimini kiygan holda qochib ketishga uringan IShIDning o‘nlab jangarilari qo‘lga tushdi. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar tarqatgan.

Jangarilar kiyimdan tashqari ayollarning pardoz mahsulotlaridan foydalanishgan va yuzlariga upa-elik surtishgan. Isbot sifatida agentlik ikki jangarining shu alfozdagi suratlarini namoyish qilgan.

Xabarda aytilishicha, keyingi kunlar davomida Suriya armiyasi va ko‘ngillilar IShID nazorati ostida bo‘lgan katta maydonni, jumladan, Halab yaqinidagi 410 kilometrlik masofadagi hududni ozod qilgan.

10 noyabr kuni Suriya armiyasi koalitsiya samolyotlari yordamida IShIDning Halab yaqinidagi Kuveyris aerodromini egallagandi. Shuningdek, IShID o‘tgan haftada Sinjar va Havl shaharlarini qo‘ldan chiqardi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish