Jahon | 14:36 / 16.11.2015
2100
1 daqiqa o‘qiladi

Washington Examiner: Obama qochqinlarga yordam ko‘rsatishda davom etadi

Parijda sodir bo‘lgan teraktlarga qaramay, AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining qochqinlarga yordam ko‘rsatish rejasini o‘zgartirmaydi. Bu haqda Washington Examiner nashri yozmoqda.

Qo‘lga olingan terrorchilardan biri Yevropaga qochqin maqomida o‘tib olgani xabar qilingan edi. Shunga qaramay, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Ben Rods mamlakat haligacha o‘z hududida 10 ming qochqinni qabul qilishga tayyorligini aytdi. Parijdagi teraktlardan so‘ng bu qaror amerikalik siyosatchilar tomonidan keskin tanqid ostiga olingan edi.

“Bizda qochqinlarni tekshirishning o‘ta ishonchli jarayonlari ishlaydi, - dedi Rods Fox kanaliga bergan intervyusida. – Buning ustida razvedka xizmatlari, terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha milliy markaz ishlaydi. Biz, shuningdek, uzoq so‘roqlar o‘tkazib, taqdim etilgan barcha axborotni tekshiramiz”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish