Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Washington Post Parijdagi teraktlarga 20 kishi aloqador ekanini ma'lum qildi
Fransiya poytaxtidagi hujumlarni tashkil etishda eng kamida 20 kishi ishtirok etgan, deya ma'lum qildi The Washington Post.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Parijdagi teraktlar ijrochilarining eng kamida ikki nafari Yevropaga Yaqin Sharqdan qaytib kelgan.
Gazetaning yozishicha, Parij shimolidagi Stade de France stadioni yaqinida o‘zini portlatib yuborgan terroristlardan biri 20 yoshli Bilol Xadfi hisoblanadi. Bunga qadar u birmuncha vaqt Suriyada bo‘lgan, so‘ngra u yerda Belgiyaga qaytgan va shu yerda Belgiya maxsus xizmatlari diqqat markazidan chetga chiqqan.
Yana bir terrorchi — Omar Mustafal mayda jinoyatlari sababli sakkiz marotaba politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Maxsus xizmatlar so‘nggi ikki yil davomida uning nima bilan mashg‘ul bo‘lganini bilishmagan. Taxminlarga ko‘ra, 2013 yilning qishida Mustafal Suriyaga borgan.
Maxsus xizmatlar diqqat markaziga tushgan kishilar ishtirokidagi keng miqyosli bosqinchiliklarga tayyorgarlik ko‘rilganining Yevropa xavfsizlik xizmatlari tomonidan e'tibordan chetda qolgani bu borada yirik jarlik mavjudligidan dalolat beradi, deydi The Washington Post`ning yuqori lavozimli axborot manbasi.