20:12 / 17.11.2015
2590

“Chirchiq” kichik sanoat hududida 7 ta investitsion loyiha amalga oshirildi

O‘zbekistonning Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” kichik sanoat hududida 7 ta investitsion loyiha amalga oshirildi. Bu haqda ma'lumot Toshkent viloyatida o‘tgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasidagi taqdimotda aytildi.

Xususan, “Yasin Group” MChJda quyoshdan suv isituvchi tizimlar ishlab chiqarish, “Energy Progress Metal” MChJda gaz, neft va kimyo sanoati uchun texnologik qurilmalar tayyorlash, “Polius Energo System” MChJda mebel va isitish qozonlari va boshqalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

“Chirchiq” kichik sanoat hududi 10 gektardan ko‘proq maydonni egallaydi. Bu yerda davlat unitar korxonasi shaklidagi boshqarish direksiyasi tashkil etilgan. Bu direksiya sanoat hududi ishtirokchilari bilan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar va ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatga ijaraga olish bo‘yicha shartnomalar tuzadi, ular tomonidan olingan majburiyatlarning bajarilishini monitoring kiladi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabrdagi qarori bilan O‘zbekistondagi kichik sanoat hududlari davlat ixtiyoridagi ishlatilmayotgan hududlar va ishlab chiqarish maydonlari negizida yaratilmoqda.

Ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik sub'yektlariga uzoq muddatli ijaraga davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun minimal ijara haqi, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqib, tegishli koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda taqdim etiladi.

Top