Jahon | 07:40 / 17.11.2015
1698
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadan 10 ming nafar qochqinni qabul qilish rejasidan voz kechmoqchi emas

AQSh hukumati Parijdagi teraktlarga qaramasdan 2016 yilda suriyalik 10 ming nafar qochqinni o‘z hududida qabul qilish bo‘yicha rejaga o‘zgartirish kiritmoqchi emas. Bu haqda AQSh Davlat departamentiga asoslanib, Reyter nashri xabar tarqatgan.

"Biz prezident aytib o‘tgan reja bo‘yicha harakatlanishda davom etamiz. 2016 yilda Suriyadan 10 ming qochqin qabul qilinadi", deydiAQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qochqinlar xavfsizlik nuqtai nazaridan jiddiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish