Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» Noyyer bilan shartnomani 2021 yilga qadar uzaytirmoqchi
Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyati darvozabon Manuel Noyyer bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
Kicker nashri xabariga ko‘ra, myunxenliklar Noyyerga 2021 yilga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan yangi shartnoma taklif qiladi.
Darvozabonning ayni vaqtdagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan. 29 yoshli bu darvozabon joriy mavsumda bundesliganing 12 uchrashuvida darvozani qo‘riqladi va atigi 4ta gol qo‘yib yubordi.
Ma'lumot uchun, Noyyer 2011 yilga qadar "Shalke" klubi sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng myunxenliklar safiga o‘tgan edi.
Avvaliga «Bavariya» muxlislari unga qarshi dushmanlik kayfiyatida bo‘lishdi va u maydonga tushgan har bir o‘yinda "sobiq raqib"ga nisbatan hushtak chalishdi. Ammo vaqt o‘tgani sari muxlislarning unga bo‘lgan munosabati o‘zgardi.