12:33 / 17.11.2015
2901

Bir yil ichida Tojikistondan Rossiyaga meva yetkazib berish hajmi 2 barobarga oshdi

Bir yil ichida Tojikistondan Rossiyaga meva yetkazib berish hajmi 2 barobarga oshdi. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Yevropa importining o‘rnini bosish dasturi doirasida Rossiyaning ko‘plab korxonalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini MDH davlatlaridan xarid qilishga kattaroq e'tibor qarata boshlagan. Shu bois Tojikistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab oshgan.

“Oxirgi yil davomida Tojikistondan Rossiyaga meva yetkazib berish hajmi 2 barobarga oshdi”, - ma'lum qildi Rossiya Federatsiyasining Tojikistondagi savdo vakolatxonasining bosh mutaxassisi Roman Ivanov agentlik muxbiri bilan suhbat chog‘ida.

Top