Texnologiya | 12:20 / 17.11.2015
3664
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada saratonga qarshi yaratilgan preparat 7 oy mobaynida sinovdan o‘tkaziladi

San-Paulu universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan saratonga qarshi eksperimental dori vositasi laboratoriya sharoitlarida 7 oy mobaynida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Bu haqda mamlakat fan, texnologiya va innovatsiyalar vaziri Selsu Pansera bayonot berdi.
“Sintetik fosfoetanolamin” deb nomlangan mazkur preparat dastlab probirkada, so‘ng dengiz cho‘chqalarida sinovdan o‘tkaziladi.

Eksperimentlarning har ikkala bosqichi muvaffaqiyat bilan yakun topgan taqdirda u odamlarda tekshiriladi. Bunga qadar vazir odamlarga uni qabul qilishni tavsiya etmadi.
Tajribalarning oraliq natijalari bilan jamoatchilikni tanishtirib borish maqsadida internetda maxsus sahifa yaratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish