Sport | 17:13 / 17.11.2015
3719
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyada irqchilik mojarosi: Siyosatchi futbolchini ochiqchasiga haqorat qildi

Daniyalik siyosatchi o‘ng partiya yetakchisi bo‘lgan Daniel Karlsen Daniya terma jamoasining yangi taqdim etgan liboslarini tasviridan joy olgan terma jamoaning qora tanli futbolchisini Jores Okorega nisbatan keskin munosabatda bo‘ldi.

Karlsen o‘zining Tvitterdagi sahifasiga terma jamoa libosi tushirilgan rasmni joylashtirib: «Afsuski, milliy terma jamoaning nafaqat shortisi o‘zgargan...» deya izoh qoldirdi. Bundan oldingi intervyularida u terma jamoa safida qora tanli futbolchilarning bo‘lishiga mutlaqo qarshi ekanini bildirib o‘tgandi.

Shundan so‘ng Daniya terma jamoasi va «Orxus» klubi yarimhimoyachisi Daniyel A. Pedersen o‘zining tvitterida Okoreni qo‘llab-quvvatlovchi tvit yozib qoldirdi. «Bu libos senga juda yarashib turibdi, do‘stim. Sen bilan bitta terma jamoa sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman. Ba'zilar esa shunchaki pastkash bo‘ladi», deya yozgan Pedersen.

«Men XXI asrda bunday iflos ishlarga qo‘l urishayotganini ko‘rib ko‘zlarimga ishonmadim. Bu Fransiyadagi teraktdan kam bo‘lmagan darajadagi dahshatli voqea», deydi futbolchining agenti Nikola Jurich.

O‘z navbatida Daniya futbol Ittifoqi va barcha futbolchilar Okore qo‘llab-quvvatlashmoqda. Daniya futbol uyushmasiining rasmiy tvitteri terma jamoaning ikki nafar a'zolari Per-Emil Xeyberg va Yussuf Poulsenlarning yuziga bir tarafida Daniya, ikkinchi tarafida Fransiya va Tanzaniya bayrog‘i tasviri (bu ikki futbolchining asl vatanlari Tanzaniya va Fransiya sanaladi) tushirilgan suratni joylashtirgan.

Ma'lumot uchun, Okore uch yoshida oilasi bilan Kot-d‘Ivuardan ko‘chib kelishgan. 2011 yilda futbolchi ivuarliklar taklifini rad etib Daniya terma jamoasi safida to‘p surish variantini tanlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish