Jamiyat | 08:09 / 17.11.2015
2332
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiya aviakompaniyasi faqatgina xotin-qizlardan iborat parvozni amalga oshiradi

Ethiopian Airlines aviakompaniyasi tarkibi butunlay xotin-qizlardan iborat reysni yo‘lga qo‘yadi. Ekipaj a'zolarining barchasi xotin-qizlardan iborat bo‘ladi. Kompaniya saytida ma'lum qilishlaricha, birinchi parvoz 19 noyabr kuni Addis-Abebadan Bangkokka amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, parvozga taalluqli barcha ishlarda: markaz operatoridan tortib dispetchergacha, xavfsizlik xizmati xodimidan to mexanikkacha bo‘lgan ishlarda xotin-qizlar mas'ul bo‘lishadi.

Aviakompaniya direktorining ta'kidlashicha, ushbu g‘oyadan maqsad Efiopiyada har ikkala jins vakillarining teng huquqli ekanliklarini ko‘rsatib berishdir. Shuningdek, “ayollar parvozi” mamlakatdagi xotin-qizlarning mehnat faoliyatini yanada oshirishga xizmat qilishiga qaratilgan.

Ayni damda Ethiopian Airlines aviakompaniyasining 30 foiz xodimi xotin-qizlardan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish